«senat raisi» tegli maqolalar


Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi
20 fevral 2024, 11:40

Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi

O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.

Markaziy Osiyo davlatlari ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi hamkorlikni rivojlantiradi
12 dekabr 2022, 12:34

Markaziy Osiyo davlatlari ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi hamkorlikni rivojlantiradi

Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotining yillik yig‘ilishida qatnashdi. Majlisda qo‘shni davlatlar ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi hamkorlikni rivojlantirish borasida qator hujjatlar qabul qildi.

O‘zbekiston COP27`da Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi
16 noyabr 2022, 10:34

O‘zbekiston COP27`da Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi

Senat raisi Tanzila Narbayeva Sharm al-Shayxda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasi (COP27)da nutq so‘zladi. U Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi va O‘zbekiston «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasining yalpi majlisi o‘tkazildi
28 oktabr 2022, 09:56

Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasining yalpi majlisi o‘tkazildi

Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta Rossiyadan tashqarida o‘tkazilmoqda. Majlisda parlament a’zolari saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqdi.

Paxta yig‘im-terimiga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotgani aytilmoqda
27 sentabr 2022, 09:58

Paxta yig‘im-terimiga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotgani aytilmoqda

Tarmoqlarda paxta terishga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid xabarlar tarqaldi. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi. Majburiy mehnatga duch kelganlardan esa 1176 va 1092 ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Senat raisi — hukumatga: «Hammasini davlat rahbariga tashlab qo‘yish kerak emas»
14 sentabr 2022, 12:15

Senat raisi — hukumatga: «Hammasini davlat rahbariga tashlab qo‘yish kerak emas»

Tanzila Narbayeva daraxtlar kesilishi, talabalar yotoqxonasi, poytaxtdagi tirbandliklar kabi muammolar tarmoqlarga chiqqanidan keyingina, hukumat harakatga tushishini tanqid qildi va prezidentning o‘zi yechim topib berayotganini aytdi. «Hammasini davlat rahbariga tashlab qo‘yish kerak emas», — dedi Senat raisi.

«Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin» — Tanzila Narbayeva
29 iyun 2022, 18:33 1

«Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva «Amerika ovozi» ning O‘zbekistonda haqiqiy muxolifat yo‘qligi haqidagi savoliga javob berar ekan, muxolifat borligi va internetda rasmiylar tanqid qilinishini ta’kidladi. «Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin», — dedi u.

1 mln nafarga yaqin xotin-qizning muammolari hal etildi — Tanzila Narbayeva
15 aprel 2022, 15:05

1 mln nafarga yaqin xotin-qizning muammolari hal etildi — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva 2018−2021 yillarda «Ayollar daftari»ga kiritilgan 1 mln nafarga yaqin xotin-qizlarning muammolari hal etilganini ma’lum qildi. Jumladan, xotin-qizlarning 2730 nafari uy-joy, 590 mingga yaqini esa doimiy ish bilan ta’minlangan. So‘nggi 3 yilda 208,5 ming ayolga 7,7 trln so‘mdan ortiq kredit ham berilgan.

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva
5 oktabr 2020, 23:08

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat rahbari Tanzila Narbayeva Namanganga safari vaqtida tuman hokimlarini «yaxshi» reyting baholarini olgan hududlardan o‘rnak olishga, deputatlarni esa yanada talabchan bo‘lishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting